PICNIC TOUR
Bolalar uchun maxsus

Bolalar uchun maroqli sayohatlar va dam olish

Farzandlaringiz uchun qiziqarli, xavfsiz va rivojlantiruvchi sayohat va dam olish imkoniyatlari. Unutilmas taassurotlar va yangi do'stlar!

Bolalar dam olishi

Farzandlarimiz uchun eng yaxshi sayohatlar va dam olish imkoniyatlari!

7+
3+

Nima uchun bizni tanlashadi?

Bolalar uchun xavfsiz, qiziqarli va rivojlantiruvchi sayohatlar tashkil etishda 10 yildan ortiq tajriba

🛡️

Xavfsizlik

Bolalar xavfsizligi bizning asosiy ustuvorligimiz. Malakali xodimlar va doimiy nazorat.

🎓

Ta'lim

Har bir sayohat va dam olish dasturi ta'lim elementlarini o'z ichiga oladi.

🍎

Sog'lom ovqatlanish

Bolalar uchun maxsus tayyorlangan sog'lom va mazzali taomlar.

👨‍👩‍👧‍👦

Oilaviy muhit

Oilaviy sayohatlar uchun qulay sharoitlar va maxsus dasturlar.

Bolalar uchun

Dam olish va sayohat imkoniyatlari

Har xil yoshdagi bolalar uchun qiziqarli va foydali dam olish mkoniyatlari

Mijozlar fikrlari

Ota-onalar nima deyishadi

Farzandlari bizning dasturlarimizda ishtirok etgan ota-onalarning fikrlari

"Qizim Chimyon yozgi oromgohida juda yaxshi dam oldi. Uyga qaytgach, ko'plab yangi do'stlari va qiziqarli hikoyalari bilan keldi. Keyingi yil albatta yana boramiz!"

A

Aziza Karimova

8 yoshli Saidani onasi

"Oilaviy sayohatimiz uchun Chorvoq ko'li bo'yidagi dam olish maskanini tanladik. Bolalar uchun ham, kattalar uchun ham qiziqarli dasturlar. Hammasi a'lo darajada tashkil etilgan."

R

Rustam Ahmedov

10 va 12 yoshli bolalar otasi

"O'g'lim sport lagerida dam oldi. Jismoniy faollik bilan birga, u yerda bolalarga jamoaviy ishlash va liderlik ko'nikmalarini ham o'rgatishadi. Juda mamnunmiz!"

N

Nilufar Raxmatova

15 yoshli Jahongirni onasi

Farzandingiz uchun eng yaxshi dam olishni tanlang

Bizning mutaxassislarimiz sizga farzandingiz uchun eng mos dam olish variantini tanlashda yordam beradi. Hoziroq bog'laning!

Ko'p so'raladigan savollar

Bolalar dam olishi va sayohatlari haqida eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar

Bolalar uchun sayohatlar qanday yoshdan boshlanadi?

Bizda 3 yoshdan boshlab bolalar uchun maxsus dasturlar mavjud. Har bir yosh guruhi uchun maxsus tanlangan va moslashtirilgan dasturlar taklif etiladi.

Bolalar xavfsizligi qanday ta'minlanadi?

Bolalar xavfsizligi bizning asosiy ustuvorligimiz. Barcha dasturlar malakali va tajribali xodimlar nazorati ostida o'tkaziladi. Shuningdek, barcha dam olish maskanlari va transport vositalari xavfsizlik standartlariga javob beradi.

Bolalar uchun ovqatlanish qanday tashkil etilgan?

Bolalar uchun maxsus tayyorlangan sog'lom va mazzali taomlar taklif etiladi. Ovqatlanish rejimi bolalarning yoshi va faollik darajasiga qarab tuziladi. Alohida ovqatlanish talablari (allergiya, vegetarian va boshqalar) hisobga olinadi.

Ota-onalar bolalar bilan bog'lana oladimi?

Ha, albatta. Barcha dasturlarimizda ota-onalar bolalari bilan muntazam bog'lanib turishlari mumkin. Shuningdek, ko'p dasturlarimizda ota-onalar uchun maxsus tashrif kunlari ham mavjud.

Bolalar nima olib kelishlari kerak?

Har bir dastur uchun kerakli narsalar ro'yxati oldindan taqdim etiladi. Odatda bu kiyim-kechak, gigiena vositalari, shaxsiy dori-darmonlar va boshqa zarur narsalarni o'z ichiga oladi.